Линклар

logo-print

Marokashda o‘tgan yil noyabrida Parijda sodir etilgan terror xurujlarini uyushtirganlar bilan bevosita aloqador bo‘lgan belgiyalik fuqaro hibsga olindi. Marokash Ichki ishlar vazirligi bayonotida kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan bu shaxs 15 yanvar kuni Kasablanka shahrida qo‘lga olingani aytiladi. Uning Suriyaga borib, “Islomiy davlat” guruhiga qo‘shilgani ta’kidlanmoqda.

2015 yil 13 noyabrida Parijda amalga oshirilgan qator hujumlarda 130 kishi halok bo‘lgan, 350 chog‘li odam jarohatlangandi. O‘shanda terrorchilardan 7 kishi o‘ldirilgan. Politsiya haligacha ularning sheriklarini qidirmoqda.

Hujumlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi zimmasiga olgan.

Parijdagi terror xurujlaridan so‘ng Fransiya uchoqlari “Islomiy davlat” guruhining Suriyadagi makonlarini bombalay boshlagan.

XS
SM
MD
LG