Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:11

Duda: NATO Polshada sezilarli darajada ko‘p qo‘shin joylashtirishi lozim


Polsha prezidenti Anjey Duda o‘z mamlakati va mintaqani Rossiya tajovuzidan himoya qilish uchun NATOni Sharqiy Yevropada sezilarli darajada ko‘p qo‘shin va texnika joylashtirishga chaqirdi. Bu bayonotni Duda 18 yanvar kuni NATOning Bryusseldagi qarorgohiga qilgan tashrifi chog‘ida berdi.

“Rossiya so‘nggi paytlarda tajovuzkorona demaslik qiyin bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda”, dedi Polsha prezidenti Anjey Duda Bryusselda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan birga bergan matbuot anjumanida.

O‘z navbatida, Yens Stoltenberg NATOning shu yil iyulida Varshavada o‘tadigan sammitidan keyin Polshada alyans qo‘shinlari har doimgidan ham ko‘proq bo‘lishini bildirdi.

O‘tgan hafta Rossiya G‘arbiy harbiy okrugda uchta yangi diviziya joylashtirish rejasini ochiqlagandi. Bu qadam Moskva tomonidan “NATOning yoyilish xavfiga javob” o‘laroq ta’vil qilingan.

XS
SM
MD
LG