Линклар

logo-print

Jahon bozorida neft narxining pastlab ketishi Rossiya valyutasi qurbiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 18 yanvar kuni rubl qiymati 2014 yil oxiridagi pastlash darajasiga tushdi. Kecha Rossiyada 1 AQSh dollari 79 rubl 20 kopeykadan sotildi.

1 yevro esa dushanba kuni 86 rubldan ayirboshlandi. Bu Rossiya valyutasi tarixidagi eng quyi ko‘rsatkichdir.

Eronga nisbatan xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi ortidan 18 yanvar kuni 1 barrel neft narxi 28 dollardan ham tushib ketdi. Tehron shundoq ham mahsulot ko‘p bo‘lgan jahon bozoriga kelajakda kuniga yarim million barreldan neft yetkazib berishni mo‘ljallab turibdi.

Rossiya valyutasining qadrsizlanishiga Moskvaning Ukrainadagi bo‘hronda ishtiroki bois G‘arb mamlakatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalar ham sabab bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG