Линклар

Yevropadagi bir necha mamlakat qit’aga kelayotgan muhojir va qochqinlar uchun sharoitni yaxshilash harakatlariga astoydil to‘sqinlik qilmoqda, deb hisoblaydi “Chegara bilmas shifokorlar” (MSF) xalqaro xayriya tashkiloti vakillari.

Tashkilot faollari Gretsiyaning Kos orolida haligacha muhojirlarni qabul qilish markazi yo‘qligi, Italiyadagi qochqinlar markazlarida esa g‘ayriinsoniy shart-sharoit hukm surayotganini bildirganlar.

MSF vakillariga ko‘ra, Yevropadagi chegaralarini yopib olayotgan ayrim mamlakatlar siyosati tutib turish omili sifatida ish bermayapti, bu chora hech kimga qarashli bo‘lmagan hududga tushib qolgan odamlar uqubatini ziyoda qilayapti, xolos.

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti psixologlari Makedoniya chegarani yopib olganidan keyin Gretsiyaning chegara-o‘tish joyida qamalib qolgan muhojirlar orasida sarosima kayfiyati kuchayib, hatto bir-birlariga jismoniy zarar etkaza boshlaganlarini qayd etganlar.

XS
SM
MD
LG