Линклар

logo-print

19 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yetakchiligidagi o‘zbek delegatsiyasining Vashingtonga safari boshlanadi.

21 yanvargacha davom etadigan safar chog‘ida, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi, Davlat departamenti va boshqa muassasalarda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

O‘zbek rasmiylarining Vashingtonga safari oldidan Hyuman Rayt Uotch xalqaro inson huquqlari tashkiloti Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarni ozod etish uchun Toshkent hukumatiga ochiq bosim o‘tkazishi kerakligiga oid bayonot bilan chiqqan.

O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlari 2009 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bundan avvalgi siyosiy maslahatlashuvlar 2014 yilning dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan.

XS
SM
MD
LG