Линклар

logo-print

Tehron rahbariyati AQSh tomonidan Eronning ballistik raketa dasturi uchun joriy qilingan yangi sanksiyalarni qoraladi.

Tehron bayonotida Yaqin Sharq davlatlariga qurol-yarog‘ sotayotgan AQSh bunday sanksiyani qo‘llashga "qonunan yoki ma’nan haqli emas", deyilgan.

16 yanvar kuni Vashington va Yevropa davlatlari Eronning yadroviy dasturi bois joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilgan edi. 17 yanvar kuni AQSh tomoni Eronda ballistik raketa ishlab chiqarish dasturiga aloqador shirkat hamda shaxslarga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi.

Bu sanksiyalar oktyabr va noyabr oyida Eronda o‘tkazilgan ballistik raketa sinovlariga norozilik tarzida joriy qilindi. BMT bu sinovlarni 2010 yilda Xavfsizlik kengashida qabul qilingan rezolyutsiyaga zid, deb topgan.

XS
SM
MD
LG