Линклар

Germaniya politsiyasi Yangi yil kechasi ayollarni zo‘rlashda ayblangan ilk muhojirni mamlakat sharqidagi Kyoln shahrida hibsga oldi.

Prokurorlar 26 yashar jazoyirlik erkak qochqinlar uchun ajratilgan uyda o‘tgan shanba-yakshanba kuni qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

AP agentligiga ko‘ra, bu shaxsga nisbatan notanish ayolga suykalish va uning mobil telefonini o‘g‘irlash aybi qo‘yilgan. O‘tgan dam olish kunlarida yana ikki jazoyirlik talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bilan qo‘lga olingan.

Yangi yil kechasida Kyolnda ko‘rinishidan Arab va Afrika davlatlaridan borgan muhojirlar tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchraganidan shikoyat qilgan 500 ga yaqin ayol politsiyaga murojaat qildi. Shikoyatchilardan uch nafari jinsiy zo‘rlandi va bu hol mamlakatda muhojirlarning qabul qilinishiga norozilikni kuchaytirdi.

O‘tgan yili Germaniya Arab va Afrika davlatlaridan borgan 1 million 100 ming muhojirni qabul qildi.

XS
SM
MD
LG