Линклар

Rossiyadagi yirik shaharlarda bir necha kundan buyon ko‘chalar tozalanmay, qor bosganicha qolmoqda. Mehnat muhojirlari xizmatiga ko‘nikib qolgan rossiyaliklar "Nega ko‘chalarda buncha qor ko‘p? Gastarbayterlar qaerga g‘oyib bo‘ldi?" degan savollarga javob izlamoqda. Ayrim muhojirlar buni maoshning pastligi bilan izohlasa, kuzatuvchilar farroshlarning asosiy qismi elchixona oldida sertifikat olishga navbatda turibdi, demoqda.

Rossiyaga to‘satdan qish keldi...

Yangi yil bayramlaridan keyin Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida odatdagidek to‘satdan qalin qor yog‘di.

Ammo, tushgan qor maxsus texnika bilan faqat markaziy trassa va ko‘chalardan tortilmoqda. Rossiya poytaxtining hatto markazidagi hovli va tor ko‘chalarda qor tegilmasdan turibdi – uni tozalashga odam yo‘q.

Shu kunlarda Internetning rus blogosferasida bu masalaga bag‘ishlangan sanoqsiz maqola va izohlar - “Moskvada qor kuralmayapti, farroshlar qani? Gastarbayterlar, iltimos ortga qayting, qor bosdi! Qorni kim kuraydi?” kabi videolar paydo bo‘ldi.

Moskvaning markaziy ko‘chalari mana shu ahvolda

Moskvaning markaziy ko‘chalari mana shu ahvolda

Moskvaning Zamoskvorechyesida vaziyatni tasvirga olgan yosh ona: “Soliqlarni kimga to‘layapmiz? Men yosh bolam bilan kolyaskada qanday bu yo‘ldan o‘taman? Moskvaning qoq markazida mana shunday rasvogarchilik! Qani farroshlar? Bunday bemanigarchilik o‘tgan yilning yozidan – avvaliga chiqindilarni olib chiqishni bas qilishdi, mana endi ular qor tozalashni to‘xtatishdi!” deydi. U bu savollarni “qalb nidosi” deb atadi.

Peterburgdan kelgan yana bir videotasvirda esa boshqa bir fuqaro shaharning qor bosgan ko‘chalarini ko‘rsatib, “Gastarbayterlar ortga qayting!” deb ochiqchasiga iltijo qilayotganini ko‘rish mumkin:

Biz eski zamonlarga qaytgandek tuyulayapti, yangi texnikamiz yo‘qdek! O‘rtoq gastarbayterlar ortga qayting. Men sizlar umuman ketib qolgandeksiz, biz sizlarsiz nobud bo‘lamiz. Bizdek yalqov peterburgliklar orqasidan kir va qorni tozalovchi odamlar kerak!”, dedi bu xonim.

Moskva meriyasida esa qalin qor kurashga 15 ming maxsus texnikadan iborat “katta kuch” shahar ko‘chalariga tashlangani borasida raport berishmoqda. “Shu kunlarda poytaxt ko‘chalaridan 1 mln kub qor olib chiqildi”, deyishiga qaramasdan moskvaliklar qor ko‘chalarda yotganidan norozi.

Nima uchun ko‘chalardan qor olinmayapti va “gastarbayterlar” qaerga g‘oyib bo‘ldi?

Moskvada mehnat qilayotgan Alijon bu savolga javob berdi:

Eski zamonlarda muhojirlar Peterburgda mana shunday qor tozalagan

Eski zamonlarda muhojirlar Peterburgda mana shunday qor tozalagan

- Gap-so‘zlardan shuni bildimki, patentlar narxi oshishi, rublning qadrsizlanishi va dollarning ko‘tarilib ketishi orqasidan ko‘pchilik muhojir uyiga ketib qoldi. Ishlashga bu yerda hojat qolmadi! JKXda oyiga har biriga 35-40 ming rubldan pul ajratishar ekan. Ish beruvchilar esa bizga o‘xshagan muhojirlarni ishlatib, 25-20 ming pul bergan. Endi bollar bunga ko‘nmaydi, chunki patent, kvartirasi, oziq-ovqatga to‘lovlar bilan ishlashning hojati yo‘q. Mahalliy aholisi 15-20 mingga ishlamaydi, 35-40 ming bergani o‘rganib qolgan ko‘ngildan chiqmaydi - qorni og‘riydi. Shuni orqasidan shunaqa vaziyat yuzaga kelgan, dedi o‘zbekistonlik Alijon.

Yordam” Inson huquqlari himoyasi tashkiloti raisi Bahrom Hamroev bu o‘zbek farroshlarining pasportsiz qolgani bilan bog‘liq, deydi:

- Mana bu qorlarni tozalash bilan anchadan buyon, asosan, O‘zbekiston fuqarolari shug‘ullanib kelgan. Shuning uchun pasport to‘g‘risida qonun qabul qilindi va muammo faqat o‘zbekniki emas, hatto moskvaliklar muammosiga aylanib ketdi, dedi huquq faoli Bahrom Hamroev.

XS
SM
MD
LG