Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:10

AQSh Oliy sudi Obamaning arizasini qabul qildi


AQSh Oliy sudi 19 yanvar kuni prezident Barak Obamaning shikoyat arizasini ko‘rib chiqish uchun qabul qildi.

AQSh appelyatsiya sudi Obamaning immigratsiya to‘g‘risidagi farmonni amalga oshirishni to‘xtatish to‘g‘risda qaror qabul qilgan edi. AQSh prezidenti appelyatsiya sudining mazkur qaroriga norozilik bildirib, Oliy sudga shikoyat arizasi kiritgan.

Mazkur farmonda besh millionga yaqin noqonuniy migrantni AQShdan deportatsiya qilish taqiqlab qo‘yilgan edi. Farmon 2014 yilda Obama tomonidan qabul qilingan. Farmonga Kongressda muxolifatdagi respublikachilar qarshilik bildirib kelayotgan edi.

Obamaning arizasi bo‘yicha sud jarayoni 2017 yilning iyunigacha davom etishi taxmin qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG