Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:03

Kluni Ismoilovaga o‘z advokatlik xizmatini taklif qildi


Advokat Amal Kluni ozarbayjonlik jurnalist Xadicha Ismoilova ishini Yevropa sudida ko‘rib chiqishni taklif etib, uni sudda o‘zi himoya qilishini bildirdi.

Gollivud kinoaktyori Jorj Klunining rafiqasi bo‘lgan Amal Kluni so‘nggi yillarda Misr, Armaniston va Maldivlarda siyosiy motivlar asosida qo‘lga olingan bir qator shaxslarga nisbatan o‘tkazilgan sud jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, dunyoning mashhur advokatlaridan biriga aylandi.

Ozodlik radiosi muxbiri bo‘lgan Xadicha Ismoilova va uning advokati hozir Amal Kluni taklifini o‘rganayotgani xabar qilinmoqda.

Ozarbayjon hukumatidagi korruptsiya va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev oilasiga taaluqli biznes haqida bir qator jurnalistik tekshiruvlarni olib borgan Xadicha Ismoilova 2015 yilning sentyabrida Boku sudi tomonidan etti yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Huquq faollari Ismoilovaga nisbatan jinoyat ishi sohtalashtirilganiga ishonilishini bildirib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG