Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:43

AQSh fuqarolari shia janggarilari tomonidan o‘g‘irlandi


Qo‘shma Shtatlar hukumatidagi manbalar Bag‘dodda o‘tgan hafta bedarak ketgan AQShning uch fuqarosi Iroq hukumati tomonidan qo‘llab –quvvatlanayotgan shia janggarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilganini bildirmoqda.

Royter agentligining seshanba kuni ma’lum qilishicha, mazkur xabar Iroq razvedkasi va AQSh hukumatidagi ikki manba tomonidan tasdiqlangan.

AQShning uch fuqarosi Bag‘dodda 15 yanvar kuni o‘g‘irlab ketilgan. Iroqdan AQSh harbiylari olib chiqib ketilgan 2011 yildan beri bu yerda birinchi marta amerikaliklar o‘g‘irlanmoqda.

AQSh Davlat departamenti fuqarolarni ozod qilish uchun Iroq hukumati bilan tig‘iz hamkorlik qilayotganini bildirdi. Iroq razvedkasi, amerikaliklar pul talab qilish uchun emas, AQSh fuqarolari bo‘lgani uchungina o‘g‘irlab ketilgan, deb hisoblamoqda.

XS
SM
MD
LG