Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:20

Oq Uy yo‘qolib qolgan FTB agenti Eronda emasligini bildirdi


Oq Uy rasmiylari bundan sakkiz yil avval bedarak ketgan Federal Tergov Byurosi agenti Robert Levinson tirik ekani, ammo u tahmin qilinganiday, Eron hududida emasligini ma’lum qildi.

Robert Levinson oilasi AQSh hukumati yo‘qolgan agentni qidirish uchun zarur choralar ko‘rmayotganini tanqid qilib chiqqanidan so‘ng, 19 yanvar kuni Oq uy matbuot kotibi Josh mana shunday bayonot berdi.

Robert Levinson 2007 yilda Eronga qilgan ish safari paytida bedarak ketgan edi.

AQSh, Yevropa Ittifoqi va Eron Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishib, Tehronga nisbatan sanksiyalar bekor qilingach, Eronda qamoqda saqlanayotgan besh amerikalik ozod qilingan. AQShda esa yetti eronlik qamoqdan ozod qilingan edi.

XS
SM
MD
LG