Линклар

logo-print

Pokiston shimol-g‘arbidagi Chorsadda shahridagi Bacha Xon universitetida bugun ertalab uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 21 odam halok bo‘ldi.

Hujumdan yaralanganlar soni ellikdan ziyod ekani aytilmoqda.

Hujumchilardan to‘rt nafari otib o‘ldirilgan, qolganining taqdiri noma’lum.

Hujum uchun mas’uliyatni hozircha biron qurolli guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Hozirda Pokiston xavfsizlik kuchlari universitet binosini qo‘riqlamoqda.

Universitet talabalari xavfsiz joyga olib o‘tilgan. Chorsadda Pokistonning Peshavor shahridan ellik kilometr uzoqlikda joylashgan.

2014 yilda Peshovar shahridagi maktablardan biriga uyushtirilgan qonli hujum uchun mas’uliyatni Pokistondagi Tolibon harakati o‘z zimmasiga olgan edi.

XS
SM
MD
LG