Линклар

logo-print

“Islomiy davlat” ekstremist guruhi aksari ayollar va yosh bolalar bo‘lgan uch yarim mingdan ziyod odamni qullikda ushlab turibdi.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 19 yanvar kuni e’lon qilgan hisobotda ta’kidlanadi.

“Ular muntazam jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqdalar”, -deyiladi hisobotda.

"Islomiy davlat" Suriya sharqi va Iroq shimolida yirik hududlarni nazorat qilayotgan radikal islomiy guruhdir.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2014 yilning yanvaridan 2015 yilning oktyabriga qadar ID zo‘ravonliklari oqibatida Iroqda 18 ming 802 nafar odam halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG