Линклар

Yaponiyaning TEPSCO shirkati Namangan viloyatida barpo etiladigan To‘raqo‘rg‘on GESi qurilishi yuzasidan konsalting xizmati ko‘rsatadi.

O‘zbekiston nashrlarining seshanba kuni bildirishicha, bu boradagi shartnoma Yaponiya shirkati va “O‘zbekenergo” o‘rtasida imzolangan. Ma’lumotda aytilishicha, Yaponiya shirkati To‘raqo‘rg‘on GESini loyihalash ishlarini texnologik, moliyaviy va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan nazorat qilib boradi.

“O‘zbekenergo” 2013 yil avgustida To‘raqo‘rg‘on GESini qurishga tayyorgarlik ishlarini boshlagan edi. Mazkur GES 900 MVt quvvatga ega bo‘ladi va yiliga 7 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. To‘raqo‘rg‘on GESining birinchi energobloki 2018 yilda, ikkinchi energobloki esa 2019 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

GESni qurish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning 1 milliard 100 million dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, 704 millioni O‘zbekiston qayta qurish va rivojlantirish jamg‘armasi, 300 million dollari “O‘zbekenergo” tomonidan beriladi.

XS
SM
MD
LG