Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:05

Ukraina sharqidagi janglarda qatnashgan o‘zbekistonliklar o‘n yilgacha muddatga qamalishi mumkin


O‘zbekiston hukumati Ukraina sharqidagi janglarda qatnashgan fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi seshanba kuni bu haqda press-reliz chiqardi.

Unda mamlakat g‘arbidagi janglarda qatnashayotgan o‘zbekistonliklar 10 yilgacha bo‘lgan muddatga qamoq jazosiga tortilishlari haqida ogohlantiriladi.

Ukrainada hukumat tarafida yoki ayirmachilar tomonida turib jang qilayotganlar orasida o‘zbekistonliklarning ham borligi aytiladi. Lekin, ularning aniq soni ma’lum emas.

“Moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, - demoqda o‘zbek rasmiylari.

XS
SM
MD
LG