Линклар

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Rossiya elchixonasi yaqinida chorshanba kuni ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida kamida besh odam nobud bo‘ldi.

Afg‘on matbuotiga ko‘ra, hudkush hujumchi bomba o‘rnatilgan mashinani elchixona yaqinida portlatgan.

Portlashdan yigirmadan ortiq odam yaralangani xabar qilinmoqda.

Hozircha hech bir guruh portlashga mas’uliyatni zimmasiga olgan emas.

O‘tmishda Afg‘onistondagi Tolibon harakati bunday hujumlarni amalga oshirib kelgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG