Линклар

“Paxtakor” futbol klubining ikki futbolchisi 2016 yildagi mavsumni xorij klublarida o‘tkazadi.

“Paxtakor” jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov Eronning "Persepolis" klubi bilan olti oylik shartnomani imzoladi. Bu shartnoma olti oydan keyin yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Lobanov bundan oldin Qozog‘istonning “Qaysar” va “Akjayik” klublari tarkibida ham o‘ynagan edi.

Jamoa himoyachisi Egor Krimets esa o‘z karyerasini Xitoyning “Beyjing Goan” klubida davom ettiradi. “Paxtakor” futbol klubi rahbariyatining bildirishicha, Krimets Xitoy klubiga ikki yillik muddatga ijaraga berilgan.

XS
SM
MD
LG