Линклар

2005 yildagi Andijon fojiasi ortida turganlikda ayblangan "Akromiylar" oqimi asoschisi Akrom Yo‘ldoshev besh yil oldin qamoqda o‘lgani haqidagi xabarlar ortidan Freedom House xalqaro tashkiloti bayonot tarqatdi.

Tashkilotning xalqaro dasturlar bo‘yicha vitse-prezidenti Robert German: “O‘zbekiston hukumati olti yil davomida Akrom Yo‘ldoshevning o‘limi haqida xabar bermay, sharmandali ish qildi. Akrom Yo‘ldoshevning taqdiri haqida g‘arb davlatlari hukumatlari va uning oilasi qilgan murojaatlar javobsiz qoldirib kelindi”, deb bildirdi.

German Qo‘shma Shtatlarni O‘zbekistondan bu borada to‘la hisobot olishga undadi.

Akrom Yo‘ldoshev besh yil oldin qamoqda o‘lgani haqida "Ozodlik" radiosi shu yilning 11 yanvarida o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Yo‘ldoshev 1999 yilda tuzumga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilib, 17 yilga qamalgan edi.

XS
SM
MD
LG