Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:41

Nazarboev parlament quyi palatasini tarqatish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev 20 yanvar kuni mamlakat parlamentining quyi palatasini tarqatish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Farmonda 20 martda navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish belgilangan.

13 yanvar kuni parlament deputatlari quyi palatani tarqatish taklifi bilan Nazarboevga murojaat qilgan edi. Bunga parlament prezident Nazarboev taklif qilgan islohotlarni amalga oshirish uchun o‘nlagan qonunlarni qabul qilib, o‘z vazifasini bajarib bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

Ayrim tahlilchilar bu tashabbus xalqning e’tiborini mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan chalg‘itish maqsadida ko‘tarilganini aytmoqda.

Qozog‘istonda bundan avval parlament saylovi 2012 yilda o‘tkazilgan.

XS
SM
MD
LG