Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:12

Rossiya rubli dollarga nisbatan keskin qulashda davom etmoqda


21 yanvar kuni ertalab Moskva birjasida bir AQSh dollari 84¸44 rubldan¸ bir yevro esa 91 rubldan sotila boshlandi. Bir kun ichida AQSh dollari Rossiyada 3 rublga qimmatladi.

Chorshanba kuni ertalab, bir dollar 80 rublga ko‘tarilgan edi. Kechga yaqin esa bir dollar 82 rubldan sotildi. Yevroning qiymati esa 87 rubldan 89 rublga ko‘tarildi.

Rossiya rublining bundan avvalgi eng yuqori darajadagi qadrsizlanishi 2014 yilning dekabrida kuzatilgan. O‘shanda bir dollar 80 rublga chiqqan edi.

Rublning qadrsizlanishi dunyo bozorida neft narxining keskin tushishibilan bog‘liq holda kuzatilmoqda.

Brent markali bir barrel neft narxi 20 yanvar kuni 27 dollarga tushdi.

Rossiya davlat byudjetining yarmiga yaqinini neft eksportidan kelayotgan tushumlar tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG