Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:12

Suriya bo‘yicha muzokaralar boshqa kunga qoldirildi


Suriya bo‘yicha Jenevada 25 yanvar kuni boshlanishi lozim bo‘lgan tinchlik muzokarasi noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin. Bu haqda chorshanba kuni BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Mistura muzokaralardagi asosiy o‘rtamchilar AQSh va Rossiya Suriyadagi qurolli konflikt ishtirokchilariga tinchlik muzokaralarida qatnashishlari uchun bosim o‘tkazishda davom etishi kerak, deb hisoblaydi. AQSh Davlat departamenti esa muzokaralarning bir necha kun ortga surilishi muhim ahamiyatga ega emas, deb bildirdi.

Chorshanba kuni Suriya muxolifat kengashi muzokaralarga uchinchi tomon qo‘shiladigan bo‘lsa Suriya hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortishini e’lon qilgan. Mazkur bayonot Rossiya muzokaralarda Moskva tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan qurolli guruhlar ham ishtirok etishini talab qilayotgani ortidan yangragan.

18 yanvar kuni BMT AQSh va Rossiya Suriya muxolifati delegatsiyasi tarkibi yuzasidan kelishib olmaguniga qadar Jenevada o‘tadigan muzokaralarga rasmiy taklifnoma jo‘natilmasligini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG