Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:33

O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Ukrainadagi janglarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirdi


O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Donbassdagi janglarda ishtirok etish uchun mamlakatga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolarni buning uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi yuzasidan ogohlantirdi. O‘zbek diplomatlarining bu ogohlantiruvi elchixona saytida 18 yanvar kuni yoyinlandi.

“O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga” deb boshlangan bildirishnomada “Ukraina sharqida to‘xtamayotgan jangovar harakatlar” hamda Kiev “xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Ukraina Qurolli kuchlari safida harbiy xizmat o‘tashiga ruxsat bergani” qabatida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun Ukraina kelishga urinayotgan o‘z fuqarolarini bunday jinoyatlarni sodir etishdan qaytarishi hamda buning uchun jinoiy javobgarlik joriy etilganidan ogohlantirishi uqtiriladi.

Elchixonaning bildirishicha, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga (“Yollanish”) muvofiq, chet davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvlar yoki jangovar harakatlarda noqonuniy ravishda ishtirok etish, hatto yollanish alomatlari bo‘lmagan taqdirda ham, jinoyat bo‘lib hisoblanadi. Bu qilmishni sodir etganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi bu boradagi har qanday ma’lumot O‘zbekiston huquq-tartibot va maxsus davlat idoralari tomonidan diqqat bilan tekshirilishi, ayni paytda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining yuqorida zikr etilgan moddalari bo‘yicha jinoyatni rejalashtirayotgani yoki sodir etganiga oid ustidan ob’ektiv ma’lumot bo‘lgan har qanday shaxs jinoiy ta’qibga uchrashi haqida ogohlantirgan.Shu vajdan O‘zbekiston fuqarolariga oqilona ehtiyotkorlik ko‘rsatib, janglarda ishtirok etish fikridan voz kechish tavsiya qilingan.

Diplomatlar O‘zbekiston fuqarolari favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan taqdirda (+380) 44 501-50-00 i (+380) 44 501-41-83 telefonlari orqali O‘zbekistonning Kievdagi elchixonasigato‘xtovsiz murojaat qilishlari kerakligini qo‘shimcha qilganlar.

O‘zbek elchixonasi bildirishnomasida jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun Ukrainaga kelgan yoki kelmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko o‘tgan yilning noyabr oyi boshida xorij davlatlari fuqarolariga ukrain armiyasida xizmat qilish huquqini beruvchi qonunni imzolagandi.

Prezident rasmiy saytida 3 noyabr kuni e’lon qilingan xabarda aytilishicha, mazkur qonun imzolangani ortidan ukrain qurolli kuchlarining jangavor hozirligi yanada kuchayadi va mamlakat “jang qilishga salohiyatli, tajribali va nima uchun kurashayotganini aniq biladigan batalyonlarga ega bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2015 yil 10 avgustida “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan tuzatishlarni imzolangandi. Mazkur hujjatda chet davlatda harbiy xizmatga yollanganlik, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, harbiy adliya idoralariga yoki boshqa organlarga ishga kirganlik O‘zbekiston fuqaroligining bekor qilinishi uchun sabab bo‘lishi mumkinligi belgilangan.

Avvalroq Ukraina rasmiylari mamlakat sharqida ayirmachilar safida jang qilayotganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, ularning ​asosiy qismi Rossiya maxfiy idorasi xodimlari va harbiylari tomonidan “verbovka” qilinganini bildirganlar.

Shu bilan birga, Ukraina harbiylari tomonida turib, ayirmachilarga qarshi kurashayotganlar orasida ham o‘zbeklar yo‘q emas. Ulardan biri Ukraina Mudofaa vazirligi qoshidagi “Aydar” ko‘ngillilar batalyoni safida turib, ayirmachilarga qarshi kurashayotgan o‘zbekistonlik Shavkat Muhammaddir.

Shavkat Muhammad o‘tgan yil yozida Ozodlikka bergan suhbatida ayirmachilarga qarshi g‘oyaviy qarashlari bois kurashayotgani va buning ortida hech qanday moddiy manfaatdorlik yo‘qligini ta’kidlagan. Shavkatning aytishicha, u O‘zbekiston Jinoyat kodeksida yuqorida aytilgan taqiqlarning birortasini buzmagan. Ayni paytda Shavkat, O‘zbekistonga borsa, uni uydirma ayblovlar bilan jazoga tortishlari mumkinligi haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashgan.

XS
SM
MD
LG