Moskva birjasidagi 21 yanvar kungi oldi-sotdilarda rublning qadri keskin tushib, 1 AQSh dollari 86 rublga etdi. Yevro esa 90 ning ustiga chiqib oldi. Hatto Rossiya Markaziy banki 22 yanvar uchun rasmiy kursni 1 AQSh = 83,59 rubl qilib belgiladi. Bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan 4,13 rublga ko‘pdir. Rublning qadrsizlanishi jahon bozorida neftning arzonlashishishi fonida kechmoqda. Rubl va neftning arzonlashuvi qachon to‘xtatishi mumkin? Kunning boshqa savollari qatorida bu savolni AQShda yashaydigan moliyachi Farhod Inog‘omboevga berdik.