Линклар

AQSh ilmiy tadqiqot muassasalarining ma’lum qilishicha, 2015 yil so‘nggi 136 yil ichida eng issiq kelgan yil bo‘ldi.

AQShning koinotni o‘rganuvchi NASA agentligi va Okean atmosferasi bo‘yicha milliy ma’muriyat tomonidan yoyinlangan hisobotda aytilishicha, yer shari temperaturasi 1880-1899 yillarga nisbatan selsiy ko‘rsatkichi bo‘yicha 1 gradusga ko‘tarilgan.

Yer sharining global isib borishi odam faoliyati bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Avvalroq Yaponiya, Britaniya olimlari va Metereologiya bo‘yicha xalqaro tashkilot 2015 yil eng issiq kelgan yil bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.

XS
SM
MD
LG