Линклар

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining sobiq xodim Aleksandr Litvinenkoning Londonda o‘ldirilishi yuzasidan olib borilgan tergov xulosalari Britaniya hukumatining Litvinenko o‘limiga Moskva hukumati aloqador ekaniga oid tahminlarini tasdiqladi. 21 yanvar kuni Davosda o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumda Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron mana shunday bayonot berdi.

Kemeron hozircha Rossiya hukumatini jazolash uchun qanday qadam tashlanishi haqida gapirmadi. Britaniya ichki ishlar vaziri Tereza Mey tergov tomonidan Litvinenko o‘limiga bevosita aloqasi borlikda ayblanayotgan Rossiya fuqarolari Dmitriy Kovtun va Andrey Lugovoyning aktivlari qamoqqa olinishini ma’lum qildi.

Litvinenko 2006 yilda Londonda o‘ldirilgan edi. Mazkur ish yuzasidan tergov xulosasi 21 yanvar kuni London oliy sudida e’lon qilindi.

Tergov xulosalarini ochiqlagan Britaniya hakami Robert Ovenga ko‘ra¸ Putin va Kreml ma’muriyatidagilarning Litvinenkoga nisbatan shaxsiy adovati bu qotillik ortidagi asosiy motivdir.

Kreml Litvinenko o‘limiga aloqasi borligini inkor etib kelmoqda.

Putinning ashaddiy tanqidchilaridan biri bo‘lgan Litvinenko London mehmonxonalaridan birida Kovtun va Lugovoy bilan uchrashuv paytida choyga solingan poloniydan zaharlanib keyinroq kasalxonada o‘lgan edi.

Rossiya qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanaëtgan Lugovoy va Kovtunni Britaniyaga topshirish so‘rovini rad qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG