Линклар

logo-print

Moldovada Pavel Filipning Bosh vazir etib tasdiqlanishiga qarshi norozlik namoyishlari davom etmoqda.

Kishinev bosh maydoniga yig‘ilgan minglab odamlar parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazishni va konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishni talab qilayotir. Norozilar fikricha, prezident parlament tomonidan emas, xalq tomonidan saylanishi kerak, deputatlar soni hozirgi 101 odamdan 71 odamga tushirilishi zarur.

Moldovaning Pavel Filip rahbarligidagi yevropaparast hukumati 21 yanvarga o‘tar kechasi qasamyodga keltirilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan norozilar hukumat uyiga bostirib kirgan, biroq politsiya ularni hukumat uyidan quvib chiqarishga erishgan edi.

Moldova yangi hukumatiga qarshi norozilik namoyishlari rossiyaparast “Bizning partiya” va sotsialistlar partiyasi tomonidan uyushtirilmoqda. Mitinglarda yevropaparast “G‘urur va haqiqat” harakati vakillari ham ishtirok etayotir.

Pavel Filip so‘nggi bir yil ichida Moldova hukumati rahbarligiga kelgan uchinchi Bosh vazir bo‘ldi. Moldova hukumati o‘tgan yilning oktyabr oyida korrupsiya bilan bog‘liq janjal tufayli iste’fo berganidan so‘ng mamlakatda siyosiy inqiroz boshlangan edi.

Norozilar avvalgi hukumatlar kabi uch hukumron partiya vakillaridan iborat yangi hukumat korruptsiyaga barham bera olmaydi, deb hisoblamoqdalar.

XS
SM
MD
LG