Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:21

Lukoyl sarmoyalar miqdorini qisqartiradi


Rossiyaning yirik Lukoyl neft shirkati yotqizilayotgan sarmoyalar miqdorini 24 foizgacha qisqartiradi. Bu haqda jurnalistlarga shirkat rahbari Vagit Alekperov ma’lum qildi.

Lukoyl sarmoyalarining katta qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘n yil davomida O‘zbekistonda olib borilgan geologorazvedka va yangi konlarni o‘zlashtirish ishlariga Lukoyl 3,5 milliard dollar sarmoya yotqizgan. Lukoyl O‘zbekistonga jami 12 milliard dollar sarmoya yotqizishni rejalashtirgan edi.

Vagit Alekperovning aytishicha, sarmoyalar miqdorining qisqartirilishi neftning jahon bahosi tushib ketgani bilan bog‘liq. Alekperov 2016 yilda shirkat 8,5 milliard dollar sarmoya yotqizishni rejalagani, biroq neft narxi tushib ketgani munosabati bilan bu sarmoyalar 1,5 milliard dollarga qisqartirilishini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG