Линклар

Xitoy, Rossiya va Janubiy Koreya O‘zbekistonning eng yirik investorlari hisoblanadi. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining 20 yanvarda e’lon qilingan 2015 yil yakunlariga oid hisobotida, jumladan, mana shu haqda gap boradi.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, o‘tgan yilda respublikada xorij sarmoyadorlari ishtirokida 494 qo‘shma korxona tashkil qilingan. Mazkur korxonalarning 103tasi Xitoy, 91tasi Rossiya va 53tasi Janubiy Koreya ishtirokida uyushtirilgan.

Hisobot tahlil qilinsa, O‘zbekiston iqtisodiyotida 2015 yilda Rossiya ulushi boshqa yillarga inisbatan ko‘payganinini, Xitoy va Janubiy Koreya ulushi esa kamayganini kuzatish mumkin. Masalan, 2014 yilda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida 69ta, Xitoy ishtirokida 110ta, Janubiy Koreya ishtirokida esa 56ta qo‘shma korxona tashkil qilingan edi.

XS
SM
MD
LG