Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:20

Lukoyl qiyinchiliklarga qaramasdan Qandim gazni qayta ishlash zavodini qurish loyihasini davom ettiradi


O‘zbekistonda Qandim gazni qayta ishlash zavodini qurish loyihasida Rossiyaning Lukoyl va Koreyaning Hyunday Engineering shirkatlari ishtirok etadi.

O‘zbekiston hukumati 8,1 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega inshoot tashqi infratuzilmalariga 108 million AQSh dollari miqdorida sarmoya yotqizilishini nazarda tutuvchi qaror qabul qildi.

Regnum agentligining O‘zbekiston hukumatidagi manbalariga tayanib xabar qilishicha, 2010 yil oxiriga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat shirkati zavodga eltuvchi temir yo‘l liniyalarini qurib bitkazishi rejalashtirilmoqda. Umumiy uzunligi 48,7 kilometrni tashkil etadigan temir yo‘lga 50 million dollar sarflanadi. 2017 yil oxirgacha esa “O‘zbekenergo” qiymati 58,8 million dollarga teng elektr bilan ta’minlash ob’ektlarini qurib berishi aytiladi xabarda.

Bunda Lukoyl va Hyunday Engineering kompaniyalarining loyihadagi ishtiroki qiymati xabarda keltirilmagan.

O‘tgan yili paydo bo‘lgan xabarda zavodni qurishni o‘z ichiga oluvchi Qandim konlarini o‘zlashtirish loyihasining umumiy qiymati 2,66 milliard dollarga teng ekani aytilgan edi.

Ayni paytda, Rossiyaning Lukoyl shirkati 21 yanvar kuni sarmoya dasturlarini qisqartirishini ma’lum qildi. Jahon bozorida neft va gaz narxining tushishi ortidan qiyin ahvolga tushib qolganini tan olgan Lukoyl 2016 yil uchun mo‘ljallangan 8,5 milliard dollarni sarmoya miqdorini 1,5 milliard dollarga kamaytirishga majbur ekanini e’lon qildi.

2015 yil noyabrida Lukoyl Qo‘ng‘irot gaz konlarini o‘zlashtirish loyhalaridan voz kechishini e’lon qildi.

Lukoyl 2004 yilda O‘zbekiston hukumati bilan imzolangan Mahsulotni taqsimlash kelishuvi doirasida Qandim-Shodi-Qo‘ng‘irot gaz konlarini o‘zlashtirish loyihalarida ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG