Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:45

Grozniyda Qodirov himoyasiga yirik namoyish o‘tkazildi


Grozniyda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik namoyish o‘tkazildi. Kreml tayanchiga ega Qodirov hukumatining iddao qilishicha, 22 yanvar kungi namoyishda 1 million odam ishtirok etgan. Checheniston Respublikasi aholisi 1,3 millionni tashkil etadi.

Hafta boshrog‘ida Checheniston bo‘ylab davlat tashkilotlari ishchilari juma kungi namoyishga chiqishga majburlanayotgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Namoyish ishtirokchilari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qodirovni maqtovchi shiorlarni ko‘tarib chiqishdi.

Boshqa shiorlarda muxolifat faollarining ismlari va ularni “xoin”, “beshinchi kolonna” va “Rossiya isnodi” kabi iboralar bilan qoralovchi yozuvlarni ko‘rish mumkin edi.

Qodirov bundan 10 kun avval Rossiya muxolifati faollarini “xalq dushmanlari” deya atab, ularni “sudga tortib, qamoqqa tashlash” kerak degan g‘oya bilan chiqqan edi.

Rossiya muxolifati, Amnesty International va Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Kremlni Qodirovning bayonotiga “tegishli” javob qaytarishga chaqirgan edi.

Qodirov Chechenistonda inson huquqlarini buzish hamda Rossiya ichkarisi va tashqarisida siyosiy qotilliklarga aloqadorlikda ayblanib keladi.

XS
SM
MD
LG