Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:05

Rossiya NATOga javoban to‘rtta yangi diviziya tashkil etish niyatini bildirdi


Rossiya 2016 yilda NATO harbiy mashqlari “ko‘lami oshayotgani”ga javoban to‘rtta yangi piyoda qo‘shinlar diviziyasini tashkil etish rejalarini e’lon qildi.

Rossiya piyoda qo‘shinlari bosh qo‘mondoni general Oleg Salyukov bu haqda 21 yanvar kuni Moskvada o‘tkazilgan matbuot anjumanida bildirdi. Uning aytishicha, “yangi diviziyalarning tashkil etilishi keiyngi paytlarda NATO mamlakatlari tarafidan mashqlar ko‘lamining oshirilayotganiga javoban ko‘riladigan choralardan biridir”.

Unga ko‘ra, diviziyalardan biri harbiy kuchlar markaziy guruhi tarkibiga, yana uchtasi esa Rossiya g‘arbidagi harbiy kuchlar tarkibiga kiritiladi. Barcha diviziyalar mavjud harbiy brigadalardan yasalishini bildirdi rus generali.

Salyukovning yana aytishicha, Rossiya 2016 yilda xorij mamlakatlari bilan hamkorlikda yettita harbiy mashq o‘tkazishni rejalashtirmoqda. General shuningdek, hozirda Ukrainaning Qrim mintaqasida Rossiya piyoda qo‘shinlari yo‘qligi, lekin ehtiyoj tug‘iladigan taqdirda, darhol jo‘natishi mumkinligini ta’kidladi.

Rossiya 2014 yilda Ukrainaning Qrim yarim orolini anneksiya qilishi ortidan Moskva bilan NATO bloki o‘rtasida munosabatlar taranglashgan.

XS
SM
MD
LG