Линклар

logo-print

Bu yerdagi harakatlarim, ya’ni Ukraina uchun janglarda ishtirok etganim uchun O‘zbekistonga qaytgach jinoiy javobgarlikka tortilishim mumkinligini bundan 2 yil oldin – hali urush boshlanmay turib bilganman.

Bu fikrni Ukraina Mudofaa vazirligi qoshidagi “Aydar” ko‘ngillilar batalyoni safida turib, rossiyaparast ayirmachilarga qarshi kurashayotgan o‘zbekistonlik Shavkat Muhammad Ozodlikka savollariga javob berarkan bildirdi.

“Aydar”chi Shavkat bilan O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi 18 yanvar kuni e’lon qilgan ogohlantiruv munosabati bilan gaplashildi.

Elchixonaning bildirishicha, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga (“Yollanish”) muvofiq, chet davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvlar yoki jangovar harakatlarda noqonuniy ravishda ishtirok etish, hatto yollanish alomatlari bo‘lmagan taqdirda ham, jinoyat bo‘lib hisoblanadi. Bu qilmishni sodir etganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Demak, Shavkat Muhammad O‘zbekistonga qaytsa qamaladiganlardan biridir va shuning uchun Ozodlik unga bir qator savollar bilan murojaat qildi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi o‘z mamlakatdoshlarini favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan taqdirda (+380) 44 501-50-00 i (+380) 44 501-41-83 telefonlari orqali O‘zbekistonning Kievdagi elchixonasiga to‘xtovsiz murojaat qilishlari kerakligini qo‘shimcha qilganlar.

Ozodlik radiosi 21 yanvar kunbo‘yi e’lon qilingan telefonlarga “to‘xtovsiz” bo‘lmasa-da, bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi.

Birinchi telefon elchixona qorovulxonasiniki bo‘lib chiqdi.

Ikkinchisi go‘shagini hech kim ko‘tarmadi.

XS
SM
MD
LG