Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:14

O‘zbek muhojirlarining Rossiyadan ommaviy suratda chiqib ketayotgani aytilmoqda


Rus va qozoq nashrlari o‘zbek va tojik migrantlarining yoppasiga Rossiyadan chiqib ketayotgani haqida yozmoqda. Aytilishicha¸ Rossiya migratsion qonunlarining keskinlashgani¸ patent narxining oshgani va dollar kursining ko‘tarilib borayotgani o‘zbek muhojirlarini Rossiya mehnat bozorini tark etishga majburlamoqda. Ayni paytda¸ ayrim kuzatuvchilar bu jarayonni yoppasiga qaytish deb atash noto‘g‘ri ekani va O‘zbekistondan Rossiyaga qarab ommaviy ko‘chish boshlanayotganini aytmoqda.

Rossiyaning “Nezavisimaya gazeta”si va Qozog‘istonning Tengrinews agentligi 22 yanvar kuni o‘zbek va tojik mehnat muhojirlarining Rossiyadan yoppasiga chiqib ketayotganini dolzarb jarayon sifatida taqdim etdi.

Bu maqolalarga Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiyning yanvar oyi boshida keltirgan raqamlari asos bo‘lgan.

FMX rahbariga ko‘ra¸ bugunga kelib Rossiyada rasman qayddan o‘tgan o‘zbek migrantlari soni 1 million 800 mingni tashkil etadi va bu o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan 1 million yoki 18¸6 foziga kamdir. Romodanovskiy shuningdek¸ Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimining ham 70 foizga kamayganini bildirdi.

Bu kamayishning birinchi galda O‘zbekiston va Tojikistondan kelayotganlar sonida ko‘rinayotgani aytilmoqda.

Jarayon sabablariga izoh bergan Rossiya migratsiya rasmiylari¸ mamlakatda migratsiya qonunchiligining keskinlashgani¸ xususan¸ Rossiya hududining nolegallar uchun yopilganini aytmoqda.

Romodanovskiyga ko‘ra¸ 2015 yil oxiriga kelib¸ 1 million 800 ming odam Rossiya hududiga kirishi taqiqlanganlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Rublning qadrsizlanishi ortidan migrantlar daromadining keskin qisqargani¸ Rossiyadagi hayotning qimmatlashib borayotgani ham¸ rus va qozoq nashrlari ta’kidicha¸ o‘zbek va tojik migrantlarining yoppasiga Rossiyadan chiqib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiyadan chiqish – mavsumiy jaraën

Rossiyadagi o‘zbeklarning “Vatandosh” jamiyati yetakchisi Usmon Barotov¸ FMX keltirgan bu raqamlarni e’tirof etgan holda¸ o‘zbek migrantlari yoppasiga ketmoqda degan fikrga qo‘shilmasligini aytadi:

- Bu terminga qo‘shilmayman. Chunki har yil ham sentyabrdan to 31 dekabrga qadar mavsumiy ketish bo‘ladi. Yoppasiga ketish yangi yilgacha bo‘lib bo‘ldi. Hozir FMS hisobicha¸ 1 million 800 ming o‘zbek migranti qolgan Rossiyada. Har yil ham mavsumiy ish qiladiganlar qaytib¸ Rossiyada doimiy ishi borlar qolardi. Albatta¸ dollarning ko‘tarilishi¸ patentning qimmatlashi uchun doimiy qoluvchilar soni bir necha yuz mingga kamaygan bo‘lishi mumkin. Lekin bu jaraënni yoppasiga chiqib ketish¸ deyish noto‘g‘ri¸ deydi o‘zbeklar jamoasi faoli.

Usmon Barotov ta’kidicha¸ Rossiyada rublning qadrsizlanib¸ muhojir hayotining qimmatlashayotganiga qaramay¸ millionlab o‘zbekistonlik uchun Rossiya hamon muqobili yo‘q mehnat va imkoniyat bozori bo‘lib qolmoqda.

Shu bois Barotov¸ bahorga kelib Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonliklar sonining yana oshishini taxmin qiladi.

O‘zbek va tojiklar Rossiyaga oilasi bilan ko‘chib¸ muqimlashmoqda?

Rossiya matbuoti xabarlariga ko‘ra¸ mehnat muhojiri sifatida ishlash va topganini dollarga aylantirib vatanga yuborishning tobora qimmatlashib boraëtgani o‘zbek va tojiklarni Rossiya fuqaroligini olishga undamoqda.

“Nezavisimaya gazeta”ga ko‘ra¸ mintaqadagi iqtisodiy vaziyat va terror muhitining yomonlashayotgani ortidan Rossiyaga doimiy yashash uchun bola-chaqasi bilan ko‘chib kelayotgan o‘zbek va tojiklar soni oshmoqda.

Buni yangi migratsiya to‘lqini deb atagan ekspertlarga ko‘ra¸ Moskva hukumatining vatandoshlarni ko‘chirish dasturiga asosan Rossiyaga butunlay ko‘chib kelayotgan markaziy osiyolik¸ xususan¸ o‘zbeklar soni ko‘paymoqda. Ushbu davlat dasturi rus tili va madaniyatini yaxshi bilgan¸ o‘qigan¸ tajribali sobiq SSSR hududi grajdanlarini Rossiyaga ko‘chirishni maqsad qilgan. Ko‘chib kelish xarajatlari¸ ish va uy-joy topish muammosini hal qilishni davlat o‘z zimmasiga olgan bu dasturga qiziqish ko‘rsatganlar¸ rus matbuoti qaydicha¸o‘n minglarni tashkil etadi va bundaylar soni kun sayin oshmoqda.

Moskvadagi o‘zbeklarning “Vatandosh” jamiyati rahbari Usmon Barotov¸ vatanga qaytib¸ ishsizlik va haqsizlikka duchor bo‘lgandan ko‘ra¸ o‘zbekistonliklarning Rossiyaga muqim ko‘chib kelishi xayrliroqdir¸ degan fikrda:

- Vatan albatta vatan. Lekin hozirgidek noilojlik sharoitida¸ O‘zbekistonga borib diktatorlik tuzumidan azob chekib¸ bola-chaqasini boqolmay qolgandan ko‘ra¸ Rossiyaga ko‘chib kelishni taklif qilaman. Bu yerga kelsa¸ Uzoq Sharq¸ Sibir kabi mintaqalarda odam boshiga bir gektardan yer beradi. Besh kishilik oilaga besh gektar yer degani bu. O‘zbek mehnatkash xalq¸ bu erda dehqonchilik qilib¸ boyib ketadi. Bora-bora Rossiya hududida ikkinchi O‘zbekiston barpo qiladi. Men buni Rossiyadan millionlab odam O‘zbekistonga qaytib¸ u yerda ishsizlik va chorasizlikdan to‘polon chiqib¸ qon to‘kilishi oldini olish maqsadida taklif qilayapman¸ deydi o‘zbekistonlik faol.

22 yanvar kuni Ozodlik suhbatlashgan Anvar Rossiyada “qishlash”ga qolgan o‘zbeklarning tipik vakili. U na ishsizlikdan qochib kelgani O‘zbekistonga qaytishi va na topgani o‘zini oqlamay qolayotgan Rossiyada qolishini bilolmay qolganini aytadi:

- Shunday bo‘laversa¸ ketamiz deb o‘tiribmiz. Yana ikki-uch oy kutamiz. O‘zi hozir ham ishlashdan tolk qolmadi. Qaytib nima ish qilamiz¸ buniyam bilmaymiz. Kirakashlik qilamiz¸ deydi ko‘pchilik. Lekin kirakash ham ko‘paygan. Xudo bergan rizqimizni topib yermiz¸ deb o‘tiribmiz. Qolaman¸ deganlar ham ko‘p¸ deydi Anvar.

Rossiyadagi migrantning qaytishi O‘zbekistonga kerakmi?

Yillar davomida na Rossiyada millionlab o‘zbekistonliklarning hech bir huquqiy himoyasiz mehnat qilayotgani¸ na ularning vataniga milliardlab dollar pul yuborish orqali mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatni barqaror ushlab turganini e’tirof etgan Toshkent hukumati¸ kuzatuvchilarga ko‘ra¸ ularning yoppasiga O‘zbekistonga qaytishini istamaydi.

Rossiya matbuoti o‘zbek migrantlarining yoppasiga chiqib ketayotgani haqida yozayotgan bir paytda¸ sharoit taqozosi bilan O‘zbekistonga qaytishga majbur qolayotganlar ham¸ qo‘lida nobiometrik pasport bilan vataniga qayta olmayotir.

Aksariyati eski pasport egalari ekani aytilayotgan Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlarni vatanga qaytish deb atalgan hujjatsiz Rossiyadan chiqarmaslikni so‘rash ortidagi sabablar biri ham¸ taxminlarga ko‘ra¸ aynan ularning O‘zbekistonga yoppasiga qaytishi oldini olishdir.

XS
SM
MD
LG