Линклар

logo-print

Kanada shimolidagi Saskachevan mintaqasi La-Losh shaharchasidagi o‘rta maktabda ro‘y bergan otishmada besh odam halok bo‘ldi, ikki odam yaralandi.

Yaralanganlarning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Otishma tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

To‘liq tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, qurolli hujumni maktab o‘quvchilaridan biri sodir etgan. Halok bo‘lganlar orasida uning ikki qarindoshi va o‘qituvchisi bor.

Hujumchi maktab yonida qo‘lga olindi. Hozirda otishma ro‘y bergan maktabda mashg‘ulotlar to‘xtatilgan.

Davos forumida qatnashayotgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo maktabdagi otishmada jabr ko‘rganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

XS
SM
MD
LG