Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:42

AQSh sharqida "eng xavfli" qor bo‘roni sakkiz odam o‘limiga sabab bo‘ldi


AQShning sharqiy shtatlarida misli ko‘rilmagan qor bo‘roni sakkiz odamning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Mamlakat sharqidagi ko‘plab shtatlar va poytaxt Vashingtonda 50 million aholi tabiiy ofat sabab uylaridan chiqmaslik haqida ogohlantirildi.

Oltita shtatda favqulodda xolat e’lon qilindi. Ko‘plab shaharlar aeroporti yopildi, yetti mingta aviareys vaqtincha to‘xtatildi.

Meteorologlar bu so‘nggi yuz yil ichidagi "eng xavfli" qor bo‘roni ekani, ayrim shtatlarda qor qalinligi bir metrgacha ko‘tarilishini aytishmoqda.

Tabiiy ofat mamlakat iqtisodiga bir milliard dollardan ko‘proq zarar keltirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG