Линклар

O‘zbekistondagi hukumat tarafidan moliyalanadigan "Kamolot" yoshlar harakati mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanishi haqidagi xabarlarni rad qilib chiqdi.

Avalroq sputniknews-uz.com sayti O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar ongiga salbiy ta’sir qilayotgani sabab “Kamolot” bu tarmoqlarni cheklash masalasini muxokama etayotgani haqda xabar qilgan edi.

“Kamolot” matbuot hizmati bu xabarlar asossiz ekani, harakatni o‘zi ham Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga egaligini bildirdi.

Yaqinlargacha o‘zbekistonliklar asosan Odnoklassniki va VKontakte kabi Rossiya domenidagi ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanib kelgan bo‘lsa¸ so‘nggi yillarda Facebook tarmog‘idagi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar soni ham ko‘payib bormoqda.

Hozirda Odnoklasniki tarmog‘ida uch milliondan ortiq o‘zbekistonlik foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa¸ Facebookda esa to‘rt yuz mingga yaqin o‘zbekistonlik bor.

XS
SM
MD
LG