Линклар

logo-print

Ukrainaning Donbass mintaqasidagi rossiyaparast ayirmachilar nazorat qilayotgan hududda hozirda Rossiya Fedaratsiyasining sakkiz yarim ming harbiy xizmatchisi bor.

Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmatining aksil-terror markazi rahbari Vitaliy Malikov "Zerkalo nedeli" nashri muxbiri bilan suhbatda ta’kidladi.

Janob Malikovga ko‘ra, rossiyalik harbiylar ayirmachilarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi, separatchilarning komandirlari ham rossiyaliklardir.

Shuningdek, rossiyalik harbiylar Donbassda mafkuraviy ishlarni ham olib bormoqda.

Mintaqada Ukraina kanallari va internet saytlari to‘sib qo‘yilgan.

Ukraina harbiylariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida ularning pozitsiyalari rossiyaparast ayirmachilar tomonidan 40 marta o‘qqa tutilgan.

Halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar haqida xabarlar yo‘q.

O‘z navbatida ayirmachilar Ukraina tomoni o‘t ochmaslik rejimini 8 marta buzganini iddao qilmoqda.

XS
SM
MD
LG