Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:54

Moskva ma’muriyati O‘zbekiston elchixonasi oldida piket o‘tkazilishiga ruxsat bermadi


Moskvaning Markaziy prefekturasi O‘zbekiston elchixonasi oldida 26 yanvarga mo‘ljallangan norozilik aksiyasiga ruxsat bermadi.Piket tashabbuschisi “Yordam” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroev norozilik namoyishi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan ekstremizm va Rossiya foydasiga josuslikda ayblanib ushlab turilgan kirovlik imom Temur Tursunov himoyasiga o‘tkazilishini aytmoqda. Huquq faoli ikkinchi marotaba politsiya xodimlaridan tahdid olayotganini gapirdi.

22 yanvarь kuni Moskva shahrining Markaziy okrug prefekturasi “Yordam” inson huquqlari himoyasi tashkilotiga Pogorelskiy ko‘chasida joylashgan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi oldida norozilik aksiyasini uyushtirishga ruxsat bermadi.

Tashkilot rahbari Bahrom Hamroev munitsipal idora rasmiylari “piketni o‘tkazish uchun boshqa joy tanlashni” taklif etdi, deydi Ozodlik bilan suhbatda.

- Piket maqsadi - jamoatchilik e’tiborini qaratish. Rossiya fuqarosi bo‘lgan Kirov viloyati muftiysi Temur Tursunov O‘zbekistonda o‘tgan yilning iyulь oyida hibsga olingan va o‘sha vaqtdan beri qamoqda. Lekin ikki oy davomida uning qaerda ekanini

2013 yil oktyabr oyi, "Yordam" o‘zbek jurnalisti S.Naumov himoyasiga piket o‘tkazmoqda
2013 yil oktyabr oyi, "Yordam" o‘zbek jurnalisti S.Naumov himoyasiga piket o‘tkazmoqda

hatto ota-onasiga xabar bermasdan, “Yo‘q unaqa odam!”, deb kelishdi. Uning huquqlari buzilgani to‘g‘risida bizda ma’lumotlar juda ko‘p. Shu maqsadda, 26 yanvar soat 12-dan 14-gacha 20 kishilik namoyish o‘tishi kerak edi. Javob olgani prefekturaga kelsam, “bir soatcha kuting” deyildi. Javob oldindan tayyor ekan: men keyin tushundim nima uchun meni bir soat ushlab turishganini. Rad javobi hujjatida “odamlarning haq-huquqlari buzilishi va transport harakatlanishiga to‘sqinlik qilishi sababli piketni boshqa joyda o‘tkazishingizni so‘raymiz” deyilgan, dedi huquq faoli.

“Memorial” tashkiloti vakilining aytishicha, ko‘chaga chiqib u ma’muriyat oldida turgan boshqa mashinalar qatorida turgan mashinasi avtomobil inspeksiyasi xodimi nazorati ostida evakuatorda olib ketilayotganiga guvoh bo‘lgan.

Harakat xavfsizligi idorasida protokolni rasmiylashtirgan politsiyachi Bahrom Hamroevni “20 sutkaga hibsga olishi” bilan tahdid qilgan.

Huquq himoyachisi bundan roppa-rosa bir oy oldin Temur Tursunov imomlik qilayotgan Kirov shahriga ketayotganida avtomobil nazorati xodimlari tomonidan hibs etilgani va o'shanda ham politsiyachilar uni “qamoqqa olish” bilan qo‘rqitganini esladi.

“Yordam” tashkiloti yetakchisi Temur Tursunov va O‘zbekistonda qamalgan boshqa dindor va huquq faollari himoyasiga 26 yanvarga mo‘ljallangan norozilik namoyishi noma’lum muddatga – shahar hokimiyati bilan kelishgunga qadar, - ko‘chirilganini ma’lum qildi.

- Lekin bu miting baribir o‘tkaziladi! Endi har hafta piket o‘tkazamiz posolstvo oldida. Agarda javob berilmasa – Yevropa Sudiga murojaat qilamiz, dedi Bahrom Hamroev.

Баҳром Ҳамроев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:34 0:00
Бевосита линк

Shu kuniyoq Moskva shahrining Markaziy okrug prefekturasi Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov iste’fosi talabi bilan o‘tkazilishi kutilgan aktsiyaga ruxsat bermagani ma’lum bo‘ldi. Aksiya egasi “Yabloko” partiyasi buning o‘rniga 26 yanvar kuni soat 12:00-da Rossiya prezidenti ma’muriyati oldidagi Eski maydonda yakka piketlarni o‘tkazishini bildirdi.

2015 yilning 24 iyulida Andijon-O‘sh chegara postidan O‘zbekiston xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noma’lum tomonga olib ketilgan rossiyalik imom Temur Tursunov daragi ikki oydan keyin mahalliy xavfsizlik xizmati erto‘lasidan chiqdi.

90-yillardan buyon Rossiyada yashab kelgan va mamlakat fuqaroligini olgan Temur Tursunov Kirov viloyat muftiysi vazifasini egallab kelgan. U hozirda O‘zbekistonda Rossiya foydasiga “josuslikda” hamda “ekstremistik adabiyot saqlaganlikda” ayblanmoqda.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, muftiy Tursunovga 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

XS
SM
MD
LG