Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:01

Eron yuz donadan ko‘proq Aerobus uchoqlarini sotib olmoqchi


Eron Transport vaziriga ko‘ra, Eron yaqinda 100 donadan ko‘proq Aerobus yo‘lovchi uchoqlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaydi.

Abbos Oxundiyning aytishicha, shartnoma 27 yanvar kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Fransiyaga safari chog‘ida imzolanadi.

Ushbu shartnoma Eronga nisbatan xalqaro jazo choralari yumshatilganidan keyingi bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.

Eronda eskirib qolgan uchoqlarni zudlik bilan yangilashga kuchli ehtiyoj bor.

Mamlakatda mavjud 250ta yo‘lovchi uchog‘idan faqat 150tasi yaroqli, deydi Oxundiy

"Uchoqlarni sotib olish bo‘yicha biz o‘n oydan buyon muzokaralar olib borayapmiz, ammo bank cheklovlari bo‘lgani uchun ularni sotib olish imkoni yo‘q edi," deb aytdi Eron Naqliyot vaziri.

"Bizga 400ta uzoq masofaga va 100ta yaqin masofaga uchadigan uchoqlar kerak," deya ilova qildi u.

XS
SM
MD
LG