Линклар

logo-print

AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Pokiston o‘z hududida faoliyat yuritayotgan jangarilar tarmoqlarini yo‘q qilishga "jiddiy" kirishganini amalda namoyish etishi kerak.

24 yanvar kuni "Press Trust of India" gazetasida nashr etilgan intervyusida Obama Pokiston xavfsizlik kuchlarining oxirgi paytlarda jangarilarga qarshi olib borayotgan mujodalasini olqishlagan ammo, zo‘ravon islomiy guruhlarni yo‘q qilishda ko‘proq ishlar amalga oshirilishi kerakligini aytgan.

"Pokistonda terrorist tarmoqlarni izdan chiqarish uchun imkoniyat bor," deb aytgan Barak Obama.

20 yanvar kuni Pokiston shimoli-g‘arbida joylashgan universitetda sodir etilgan hujumda 21 nafar odam o‘ldirilgan edi.

Hujum uchun mas’uliyatni Tolibondan ajralib chiqqan qurolli guruh o‘z zimmasiga oldi.

XS
SM
MD
LG