Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:12

Tolibon muzokaralardan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ilgari surdi


Afg‘onistondagi Tolibon harakati tinchlik muzokaralarini qaytadan boshlashga zamin yaratadigan talablari ro‘yxatini taqdim etdi.

Harakat ro‘yxatida ismlari oshkor etilmagan mahbuslarni ozod etish, harakatni BMT qora ro‘yxatidan chiqarib tashlash va unga tegishli siyosiy idorani rasmiy tan olish kabi talablar bor.

"Bular tinchlik uchun tashlanishi kerak bo‘lgan ilk qadamlardir," deyiladi 24 yanvar kuni chiqarilgan Tolibon bayonotida.

Ushbu talablar Tolibon va Afg‘oniston hukumatining sobiq mulozimlari o‘rtasida Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan bir kun o‘tib ilgari surildi.

XS
SM
MD
LG