Линклар

logo-print

AQShning sharqiy qirg‘oqlariga kelgan kuchli qor bo‘roni Nyu-Yorkni amalda falajlab qo‘ydi.

Nyu-York hokimi Andryu Kuomo 23 yanvar kuni shaharda favqulodda holat e’lon qildi.

Shunday qilib, Nyu-York favqulodda holat joriy qilgan o‘n birinchi shtatga aylandi.

Nyu-Yorkda transport harakati to‘xtatildi va ko‘priklar berkitildi.

Bo‘ron oqibatida kamida 18 nafar odam halok bo‘lgani xabar qilinadi.

Hafta so‘ngida avia shirkatlar 7 mingga yaqin parvozlarni bekor qildilar.

Vashington, Filadelfiya va Nyu-Yorkka parvozlar to‘xtatildi.

O‘n minglab uylar elektrsiz qoldi.

Vashingtonda rasmiylar poytaxtning temir yo‘l va avtobus tizimini hafta so‘ngida ikki kunga berkitdilar.

Qor bo‘roni 24 yanvar kuni ham davom etishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG