Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:35

Rossiyada besh oylik qamoqqa hukm etilgan o‘zbekistonlik ayol sud zalida tug‘ib qo‘ydi


Rossiyaning Orenburg viloyatida o‘zbekistonlik ayol sud zalida ko‘zi yordi. Rossiya matbuotining yozishicha, Orenburg viloyati Adamov tumani sudida chegaradan noqonuniy o‘tganlikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi ustidan hukm o‘qib bo‘lingach, to‘lg‘oq tuta boshlagan.

Xabar qilinishicha, ayolni darhol kasalxonaga olib ketishgan. Chegarani buzganlikda aybdor deb topilgan O‘zbekiston fuqarosi va chaqaloqning ahvoli qoniqarli, deyiladi xabarlarda.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol umumiy rejimdagi koloniyada besh oylik qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik millionlab muhojirlarni migratsiya qonunlarini buzganlik va boshqa ma’muriy qonunbuzarliklarda ayblab, jazoga tortish holatlari keyingi paytlarda ko‘paymoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi tazyiq va Rossiyadagi iqtisodiy bo‘hron oqibatida o‘zbekistonlik muhojirlar soni keyingi bir yil ichida 1 millionga kamaygan. Shuningdek, tirikchilik uchun Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonliklar oqimi ham 70 foizga kamaygan.

XS
SM
MD
LG