Линклар

logo-print

Berlinda o‘tgan “Yashil haftalik 2016” qishloq xo‘jalik yarmarkasi doirasida O‘zbekiston Yevropa davlatlariga 91 million 200 ming dollarlik meva-sabzavot yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining o‘tgan hafta yakunida bildirishicha, mazkur yaramarkada dunyoning 68 mamlakatidan kelgan vakillar ishitrok etgan. O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniev rahbarlik qilgan.

Aytib o‘tish lozimki, joriy yilda imzolangan shartnomalar o‘tgan yilgiga qaraganda deyarli 39 million dollarga ozdir. 2015 yilda Berlin yarmarkasida Yevropa davlatlari O‘zbekistondan 130 million dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolagan edi.

XS
SM
MD
LG