Линклар

Minglab moldovanlar mamlakat poytaxti Kishenyovda yangi hukumat iste’fosi talab qilinayotgan norozilik namoyishlarida ishtirok etmoqda.

Norozilar hukumat iste’fosi bilan birgalikda parlamentga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini talab qilayotir. Namoyishlar rossiyaparast “Bizning partiya” va sotsialistlar partiyasi hamda yevropaparast xalq harakati tomonidan uyushtirilayotir.

Kishinyovda 24 yanvar kuni 10 daraja sovuq bo‘lishiga qaramay, politsiya hisobiga ko‘ra, 16 ming odam namoyishga chiqqan.

Norozlik namoyishlari 20 yanvar kuni Moldova parlamenti hukumron Demokratik partiya vakili Pavel Filipni Bosh vazir lavozimiga tasdiqlaganidan keyin boshlanib ketgan edi. Norozilar mazkur partiya vakili hukumatdagi korrupsiyaga qarshi kurasha olmaydi, deb hisoblamoqda.

O‘tgan yilning oktyabrida Moldova hukumati korruptsiya janjali ortidan iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi. O‘shandan so‘ng mamlakatda siyosiy inqiroz boshlangan.

XS
SM
MD
LG