Линклар

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehronga nisbatan sanksiyalar bekor qilinganidan keyin ilk marotaba Yevropaga safar qiladi.

Ruhoniyning Yevropa safari bugun boshlanadi. U dastlab Rimda Italiya prezidenti Mattarella va Bosh vazir Rensi bilan uchrashadi. Italiyada Eron bilan 17 milliard yevrolik savdo-iqtisodiy shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Shundan so‘ng Ruhoniy prezident Fransua Olland bilan uchrashish uchun Fransiyaga boradi. Yevropa safari oldidan Tehron rasmiylari Eron Fransiyadan Airbus rusumidagi 114 samolyotni sotib olishni rejalayotganini bildirgan edi.

O‘tgan yilning yozida Tehron yadroviy dasturi yuzasidan xalqaro murosaga erishilgach, Eronga nisbatan sanksiyalar shu yilning 16 yanvaridan boshlab bekor qilingan edi.

XS
SM
MD
LG