Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:32

Namanganda militsionerning oilasini so‘yib ketgan 4 shaxs 15-25 yilga qamaldi


Namanganning Haqqulobod shahrida militsiya xodimi oilasining uch a’zosini o‘ldirib ketgan 4 shaxs 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudida ko‘rilib, hukm o‘qilgani dushanba kuni ma’lum bo‘lgan, 2015 yilning 22 fevralga o‘tar tunda sodir etilgan jinoyat tafsilotlari to‘g‘risida Ozodlik o‘z vaqtida xabar bergan edi.

Sud vakilidan olingan ma’lumotga tayanib RIA Novosti tarqatgan xabarga ko‘ra, Azizbek Axmedov militsioner oilasi a’zolarini o‘ldirishga buyurtma berganlikda aybdor, deb topilib 20 yilga, Ismoilov va Xusanovlar jinoyatni amalga oshirganlikda aybdor, deb topilib 25 yildanga ozodlikdan mahrum etilgan. Yana bir sudlanuvchi, voyaga yetmagan Boqijonov 15 yilga kesilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi vakili ozodlikdan mahrum qilinganlar shaxsiga oid boshqa ma’lumotlarni ochiqlamagan.

Namangan viloyati Haqqulobod shahrida yashagan 61 yashar Zarifa Botirova, uning 27 yashar kelini Nargiza va 4 yashar nabirasi 2015 yilning 22 fevraliga o‘tar tunda vahshiyona o‘ldirilib, Andijonsoyga tashlab ketilgani; o‘ldirilganlar O‘zbekiston IVV Jinoyat tergov bo‘limida ishlaydigan militsionerning yaqinlari ekanligi; 2 yarim oylik go‘dak omon qolgani to‘g‘risida Ozodlik 2015 yil 23 fevralda xabar qilgan edi.

O‘ldirilganlarning jasadlari 22 fevral kuni Andijonsoydan topilgan va bu jinoyat tergovi bilan Mlliy xavfsizlik xizmati shug‘ullana boshlagani to‘g‘risida Norin tumani hokimligining o‘zini tanishtirmagan mulozimi Ozodlikka ma’lum qilgan edi.

Voqeadan taqriban yarim oy o‘tgach, Ozodlik O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bo‘limi tergovchisining Namangandagi oilasi buyurtma qotillik qurboni bo‘lmagan, deb hisoblayotgani, asli norinlik 30 yashar tergovchining rafiqasi, onasi va o‘g‘lini chavaqlab, soyga tashlab ketganlikda gumon qilinib ushlangan to‘rt kishi bu xonadonga o‘g‘irlik maqsadida tushganinini bo‘yniga olganini xabar qilgani to‘g‘risida yozgan edi.

Namangan viloyat huquq-tartibot idoralaridan o‘sha vaqtda olingan ma’lumotga ko‘ra, hibsdagi to‘rt kishi tergovchining uyiga o‘g‘irlik maqsadida bostirib kirganini bo‘yniga olib, o‘g‘irlikka halaqit qilgan xonadon egalarini o‘ldirishga majbur bo‘lishgani haqida ko‘rsatma berishgan.

Hibsga olinganlardan birining uyida tergovchining xonadonidan o‘g‘irlangan narsalar topilgani aytilgan edi.

Dastlab ushbu qotillik tafsilotlaridan xabardor Haqquloboddagi manbalar tergovchining uyidan hech narsa o‘g‘irlanmagani haqida aytishgandi.

20 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish O‘zbekistonda eng og‘ir jazo hisoblanadi. Bunday jazoga qasddan odam o‘ldirish va terrorizmda aybdor topilgan mahkum etiladi. O‘lim jazosi O‘zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab bekor qilingan.

XS
SM
MD
LG