Линклар

Tojikiston rasmiylariga ko‘ra, 1000 nafargacha tojikistonlik Suriya va Iroqdagi “Islomiy davlat” ekstremist guruhi saflariga qo‘shilgan. Bu rasmiylar shu paytgacha bildirgan raqamdan ko‘ra ikki barobarga ko‘proqdir.

Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodaning 25 yanvar kungi matbuot anjumanida bildirishicha, shu paytgacha 61 nafar Tojikiston fuqarosi Suriya va Iroqdan qaytgan. 148 nafar tojikistonlik janglarda halok bo‘lgani ma’lum.

Bundan avval Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Islomiy davlat” guruhiga qo‘shilganlar orasida 21 nafar universitet talabasi borligini bayon qilgan edi. Rahmonning Tojikiston ichkarisi va tashqarisidagi masjidlar odamlarni ekstremist guruhlar safalariga yollashda rolь o‘ynaydi, deya ta’kidladi.

Ichki ishlar vazirining ma’lum qilishicha, o‘tgan yili “Islomiy davlat” guruhiga qo‘shilgan sobiq polkovnik Gulmurod Halimov o‘shandan beri ikki marta jiddiy jarohatlangan. “Islomiy davlat” hozirda Halimovga oyiga 100 AQSh dollari miqdorida nafaqa to‘lamoqda, deya iddao qildi tojik rasmiysi.

Vazir Rahimzodaning aytishicha, Tojikiston rasmiylari Halimovni qo‘lga olish harakatlarini davom ettirmoqda.

XS
SM
MD
LG