Линклар

O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida ishlaydigan barcha vrachlar besh yilda bir attestatsiyadan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Norma.uz nashrining xabar qilishicha, O‘zbekiston hukumati qabul qilgan qarorga binoan vrachlar o‘zlari egallab turgan lavozimiga loyiqligini aniqlash attestatsiyasi va oliy tibbiyot o‘quv yurtlariga qabul kvotlarini aniqlash tartibi belgilab berilgan.

Mazkur hujatga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga doir vrachlar attestatsiyasi har besh yilda bir marta, avvalgi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma muddati tugaganidan uch oy vaqt ichida, o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

Bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura va birlamchi mutaxassislik kurslarini tugatib, ilk bor ishga qabul qilingan vrachlar mutaxassisligi bo‘yicha uch yil ishlagach attestatsiyadan o‘tkazilishi talab etiladi.

Bunda ayrim toifadagi vrachlar, jumladan besh yildan kamroq stajga ega, homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi ayollar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

Ikki bosqich – kompyuter va og‘zaki imtihon shaklida o‘tkaziladigan attestatsiyada 70 va undan yuqori ball olgan vrach attestatsiyadan o‘tgan hisoblanandi. 50-70 ball vrach shartli o‘tgan hisoblanadi. 50 balldan kamroq natija ko‘rsatgan vrach yiqiladi.

O‘zbekistonda tibbiyot muassasalari xodimlarining bevosita xizmat vazifalaridan tashqari paxta terimi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi ishlarga jalb etish holatlari surunkali tus olgan.

XS
SM
MD
LG